Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi ilk marotaba besh nafar sportchi bilan Olimpiadada qatnashadi

Foto: olympic.uz

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmalar taqsimotini qayta shakllantirdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasida Olimpiada ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Nikita Rafalovich 2023-yil yakunida eʼlon qilingan Olimpiada reytingida oltinchi oʻrinda qayd etilgan edi.

Shu tariqa, taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida oʻz tarixida ilk bor 3 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchi bilan qatnashadigan boʻldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.