O‘zbekiston Toshkentdan Moskvaga temir yo‘l qatnovini tiklaydi
2024-yilning 24-sentabr sanasidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishida poyezdalar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati yozmoqda.
Poyezd harakat jadvali quyidagicha tashkillanmoqda.
Shunday qilib, ajratilgan o‘rindiqli vagondagi chiptalar yo‘lovchilar uchun 2,5–3 million so‘m, kupeda esa 3,3 milliondan 4,3 million so‘mgacha baholangan.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi temir yo‘l harakati 2020-yilda Covid-19 pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi.
Mazkur yo‘nalishga yo’lovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin. Ya’ni reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq bo‘ladi.
Chegirma foizi va narxlari bilan yuqoridagi jadvalda tanishishingiz mumkin.
Sharhlar