O‘zbekiston va Belarus Respublikasi Standartlashtirish sohasida hamkorlik imzoladi
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Belarus Respublikasi Standartlashtirish davlat qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik dasturi ham imzolandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma’lum qildi.
Ma’lumki joriyilning 20-21 iyul kunlari Belarus respublikasida Xalqaro standartlashtirish tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston texnik jihatdn tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligida ishchi guruh ishtirok etdi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur xalqar tadbirlar doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Belarus Respublikasi standartlashtirish davlat qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik dasturi ham imzolandi.
Hamkorlik doirasida;
🔘Milliy texnik reglamentlar, davriy nashrlar, davlat standartlari kataloglari (reyestrlari) loyihalari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan almashish. Tomonlarning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda milliy texnik reglamentlar va davlat (milliy) standartlarni almashish;
🔘“Belarus davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti” ilmiy-ishlab chiqarish respublika unitar korxonasi va O‘zbekiston standartlar instituti o‘rtasida standartlashtirish bo‘yicha rasmiy hujjatlarni tarqatish huquqini berish to‘g‘risida shartnoma imzolash;
🔘Standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish;
🔘Standartlashtirish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va stajirovkalarni tashkil etish;
🔘Belarus Respublikasi Standartlashtirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari, shuningdek, ularning tashkilotlari tomonidan idoraviy davriy nashrlarida har ikki tarafni qiziqtirgan mavzudagi nashrlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat nazorati masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, bunda Belarus Respublikasining nazorat faoliyatining huquqiy asoslari, taqiqlovchi va ma’muriy choralarning turlari, xavfli mahsulotlarni muomaladan chiqarish, qaytarish, olib chiqish, utilizatsiya qilish tartiblari, Belarus Respublikasi Davlat standartlashtirish qo‘mitasi tomonidan davlat nazorati amaliyoti va nazorat faoliyati uchun axborot tizimlari yuzasidan amaliy natijalarga erishiladi.
Sharhlar