O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida yo‘lovchi va yuklarni avtomobilda tashish yo’lga qo’yiladi

7-sentyabr kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezidentning PQ-314-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati bilan Estoniya Hukumati o‘rtasida Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 29-yanvarda Bryussel shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.