O‘zbekiston va Germaniya vakillari hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi
16-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Germaniya Federativ Respublikasi Mehnat va ijtimoiy masalalar vazirligi parlament davlat kotibi Anette Kramme bilan uchrashdi.
Senatda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da mustahkamlash va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Germaniya vakillari Prezident Sh.Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirayotgan islohotlarini yuqori baholadi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitimning ahamiyati muhokama qilindi. Tovarlarni barqaror yetkazib berish zanjirini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi. Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirishga kelishib olindi.
Sharhlar