O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning 5 yillik savdo-iqtisodiy hamkorligi tahlil qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan 2019-2023-yillardagi 5 yillik savdo-iqtisodiy hamkorligini tahlil qildi.
2019-2023-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 7 barobarga oshib,13,8 mln dollarni, eksport 6,8 barobarga oshib, 10,2 mln dollarni, import 6,9 barobarga oshib, 3,61 milliard dollarni tashkil etdi.
So‘nggi besh yil ichida Mo‘g‘ulistonda YAIM o‘rtacha 4,1 foizga, O‘zbekistonda esa 5 foizga o‘sgan.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lishi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar