O‘zbekiston va Qozog‘iston Yovroosiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiyasini tashkil etish tashabbusi to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi
10-sentabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi va “Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati” AJ rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokida “Yevrosiyo Fuqaro Aviatsiyasi Konferensiyasi”ni (EACAC – EuraAsian Civil Aviation Conference) tashkil etish bo‘yicha qo‘shma tashabbus, shuningdek, parvozlar xavfsizligi masalalari bo’yicha idoralar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda koinotga sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirishni rejalashtirayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Sharhlar