O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda

Foto; uzbektourism

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashdi.

Rossiya tomoniga Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari, yangi sayyohlik maskanlari va ularning imkoniyatlari, rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot yetkazildi.

Joriy yilning may oyida Rossiya Prezidenti V.V.Putinning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan sayyohlik oqimini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi” imzolangani ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘lgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining muzokaralarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etib, o‘zaro sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish ustida birgalikda ishlashga kelishildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.