O‘zbekiston va Yaponiya oziq-ovqat sanoati sohasida tajriba almashadi
24-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston – Yaponiya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish forumi hamda Yapon pazandachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ikki mamlakatning qator tashkilotlari hamkorligida o‘tkaziladigan ushbu forumda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ishbilarmonlik va eksport bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi innovatsion salohiyati va uning ilmiy yutuqlari xususida so‘z yuritadi.
Shuningdek, unda Yaponiya kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va “nou-xau”lari hamda yangi istiqbollari taqdim etiladi.
“Yaponiya – O‘zbekiston Ipak yo‘li” fondining xabar qilishicha, Yapon pazandachilik ko‘rgazmasi ham ishtirokchilarga namoyish etiladi. Unda Yaponiya oshxonasi mutaxassislari guruch navlaridan tayyorlangan yapon taomlari, yuqori sifatli baliq mahsulotlari, yapon choyining jahonga mashhur navlari va shirinliklarini taqdim etadi.
Sharhlar