O‘zbekiston Yevropaga yuk mashinalari haydovchilarini yuborishni boshlaydi
10-17-iyun kunlari Boltiqboʻyi mintaqasidagi eng yirik transport-logistika kompaniyasi “Kreiss” vakillari Oʻzbekistonda boʻldi. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda.
Kompaniya Boltiqboʻyi mintaqasidagi eng yirik yuk tashuvchilardan biri boʻlib, Yevropa va MDH mamlakatlarida logistika xizmatlarini koʻrsatuvchi muhim operator hisoblanadi.
Tashrif doirasida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
600 nafar haydovchini Latviyaga tashkiliy ravishda ishga olish bo‘yicha kelishuv imzolandi. “Vatanparvar” tashkiloti bilan mazkur uyushmaga aʼzo boʻlgan avtomaktablar platformasida oʻzbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus trenajyorlar tashkil etish boʻyicha Memorandum ham imzolandi.
Markazlarda oʻqitilgan haydovchilar sertifikat olishlari mumkinligi taʼkidlandi.
Sharhlar