O‘zbekiston yil boshidan buyon 5,8 milliard dollarlik oltin eksport qildi
2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston qariyb 5,8 milliard dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 foizga ko‘p.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, sentabr oyida oltin eksporti 806,1 million dollarni tashkil etdi.
1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 41,1 milliard dollarga yetdi, oltinning jismoniy hajmi esa 12 million troya untsiyani tashkil etdi, bu esa 31,8 milliard dollarga baholanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar