O’zbekistonda 100 ta uyga nechta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri kelmoqda
Statistika agentligining 2024-yil yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni o‘rtacha 69 tani tashkil etdi.
Ma’lumot uchun ushbu ko‘rsatkich:
2010-yilda 12 tani;
2015-yilda 47 tani;
2020-yilda 60 tani tashkil etgan.
Ulashish:
Sharhlar