O‘zbekistonda aholining o‘rtacha zichligi e’lon qilindi
2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,2 kishini tashkil etmoqda. Bu haqida Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra, hududlar kesimida aholi zichligi quyidagicha:
Toshkent shahri – 6 909,6 kishi;
Andijon viloyati – 801,3 kishi;
Farg‘ona viloyati – 610 kishi;
Namangan viloyati – 418,7 kishi;
Sirdaryo viloyati – 216,5 kishi;
Toshkent viloyati – 204,4 kishi;
Surxondaryo viloyati – 145,7 kishi;
Samarqand viloyati – 254,9 kishi;
Qashqadaryo viloyati – 126,6 kishi;
Jizzax viloyati – 72,1 kishi;
Buxoro viloyati – 51,4 kishi;
Xorazm viloyati – 334 kishi;
Navoiy viloyati – 9,8 kishi;
Qoraqalpog‘iston Resp’ublikasi – 12,1 kishi.
Sharhlar