O‘zbekistonda ayollar katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishi mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi 85-son qaroriga muvofiq Hukumatning 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotdi, deb yozmoqda Transport vavzirligi matbuot xizmati.
Shu tariqa ayollarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:
yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini boshqarish;
yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish.
Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qo‘shimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi.
Qayd etish joizki, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.
Sharhlar