O‘zbekistonda deputatlar saylovida saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etdi

Фото: Anhor.uz

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, saylovda 19 million 944 ming nafardan ortiq saylovchidan 15 million 27 ming 527 nafari ovoz berdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bosh prokuratura tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda saylovga oid eʼlon qilingan xabar va maʼlumotlar oʻrganilib, saylov qonunchiligi buzilmagani aniqlangan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.