O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum / fotoreportaj
Bugun tonggi soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarida jarayonlar boshlangan. Erta tongdan saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirldi va davlat madhiya jaranggi ostida ovoz berishlar boshlandi. Anhor.uz bu jarayonlardan fotoreportajni taqdim etadi.
Jurnalistlarimiz dastlab Chilonzor tumanidagi 309- saylov uchastkasida bo’lishdi. Ushbu uchastka Navbahor MFY hududida joylashgan bo’lib saylovchilar soni 2575 nafarni tashkil etadi.
Chilonzor tumanidagi 311- sonli saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari namunali tashkil etilmoqda. Uchbu saylov uchastkasida 2 830 nafar saylovchilar mavjud boʻlib, 9:00 ga qadar 40 nafar fuqaro ovoz berishda qatnashib bo’lishgan. Hudud saylovchilarning 240 nafari turli sababli tufayli oldindan ovoz bergan.
Saylov uchastkasida barcha partiya kuzatuvchilari, tibbiyot xodimlari, roʻyxatga oluvchilar aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Chilonzor tumanidagi 306- saylov uchastkasi tumandagi 184-maktabda joylashgan. Saylovchilar soni 2368 nafarni tashkil etadi.
Bobur Karimov, Ilhomjon Sobirov
Sharhlar