Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Foto: Financial times

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan (maxsus sinovlarsiz) tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Mamlakatda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlarning ro’yxatini ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.