O‘zbekistonda ilk bor nogironligi bo‘lgan shaxs Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi
Jismoniy nogironligi bor va nogironlar aravachasidan foydalanuvchi 1984-yil tug‘ilgan Jumayev Jasur Alimboyevich O‘zLiDeP Liberal-demokratik partiyasidan saylangan. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Oliy Majlis deputatlariga qilgan murojaatlarida alohida ta’kidlab o‘tdilar:
“Tariximizda ilk bor nogironligi bo‘lgan Jasur Alimbayevich qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Bu parlamentimizni tom ma’noda inklyuziv organga aylantirib ushbu qatlam manfaatlarini yanada keng ifoda etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi desak to‘g‘ri bo‘ladi.”
Jasur Jumayev Toshkentdagi “SANVIKT” ilmiy-tadqiqot, san’at markazining eng muvaffaqiyatli rassomlardan biri bo‘lib, u dunyo bo‘ylab somon bilan ishlash bo‘yicha masterklasslar o’tadi. U “Behzod” nomidagi san’at institutiga kirib, namunali bitirib, o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2018-yil, Jasur mamlakat prezidenti tomonidan “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi.
2023-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi mavjud fuqarolarga ishga kirishda taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanib Agentlikning Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga ishga kirgan edi .
Sharhlar