O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi

Foto: zamon.uz

Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilgan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalariga ko‘ra, 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmi AQSH dollari ekvivalentida 10,7 milliard dollarga qo‘shimcha hisob-kitob qilindi va amaldagi 90,9 milliard dollardan 101,6 milliard dollarga yetdi.

Hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra, norasmiy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2023-yilda 26 trln so‘m qo‘shimcha aniqlik kiritgan holda baholandi hamda amaldagi 297,3 trln so‘mdan 323,3 trln so‘mga oshdi. Shundan, xizmatlar sohasida 6,7 trln so‘m, qurilish ishlari sohasida 14,3 trln so‘m, sanoat tarmog‘ida 4,9 trln so‘m qo‘shimcha baholandi.

Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmi 2023 yilda qo‘shimcha 125,6 trln so‘mga oshdi va jami 1 192,2 trln so‘mni tashkil etdi. Shunga mos ravishda, aholi jon boshiga YAIM hajmi qo‘shimcha 3,4 mln so‘mga oshib, 32,7 mln so‘mga yetdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.