Oʼzbekistonda ilk marotaba “Hokimlikka tayyorlash maktabi” tashkil etiladi

Foto: demokrat.uz

Loyiha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan Xanns Zaydel jamgʼarmasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi hamkorligida amalga oshirildi. Bu haqda Аgentlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʼzbekistonda ilk bora xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilayotgan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” qoʼshma taʼlim dasturi eng avvalo zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qoʼyilayotgan talablarni hisobga olgan holda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning zaxirasini yaratishni maqsad qilib olgan.

Dasturga tuman (shahar) hokimlari lavozimiga zaxiraga olingan kadrlar orasidan 56 nafar nomzod (KPI koʼrsatkichlariga muvofiq) tanlab olindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.