O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy raqamlar o‘smoqda

Foto: gazeta.uz

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida respublikadagi 3646 mahallada (38,5%) jinoyat qayd etilmagan, 4596 mahallada (48,6%) esa jinoyatchilik barqaror saqlanib qolgan yoki kamaygan.

Aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy yordamlar:

  • 7 mingdan ortiq oilalarga yordam ko‘rsatilib, 264 uy ta’mirlandi, 96 yangi uy qurib berildi;
  • 3143 ishsiz oilaning a’zolari bandligi ta’minlandi;

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:

  • 22 mingdan ortiq tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatildi, shundan 7 ming 210 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati tiklandi;
  • Tadbirkorlikka noqonuniy aralashuvga oid 15 mingdan ortiq holat bartaraf etildi;

Qonunbuzarliklarning oldini olish:

  • 906 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2,5 trln so‘mlik talon-torojning oldi olindi;
  • Davlatga yetkazilgan 71 mlrd so‘mlik zarar undirildi;

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish:

  • 23 obyektga shikast yetkazilganligi aniqlanib, qonunchilik choralari ko‘rildi;

Ochiqlik va huquqiy ma’rifiy ishlar:

  • Aholi uchun 127 mingdan ortiq tadbir tashkil etildi, ommaviy axborot vositalari orqali 39 mingdan ortiq material tarqatildi;
  • Bosh prokuratura aholi muammolarini hal qilish, jinoyatchilikni oldini olish va qonun ustuvorligini ta’minlash ishlarini izchil davom ettirmoqda;

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.