O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlar uchun javobgarlik joriy etildi
O‘zbekiston Prezidenti 2024-yil 4-noyabrdagi O‘RQ-988-sonli “Jinoyat kodeksiga sportdagi korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Endi musobaqa natijalari yoki borishini qasddan o‘zgartirishga qaratilgan xatti-harakatlari uchun noqonuniy mukofot olgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar va musobaqaning boshqa ishtirokchilari yoki tashkilotchilariga 50 dan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi, huquqlari 3 yilgacha cheklanadi yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Shuningdek, takroran sodir etilgan jinoyatlar, tovlamachilik, katta hajmdagi harakatlar, til biriktirish yoki guruhlar uchun ham kuchaytirilgan jazo nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilariga pora berganlik uchun javobgarlik joriy etildi. Biroq, shaxs 30 kun ichida tovlamachilikka majburlangani haqida xabar bersa, tavba qilsa va jinoyatni ochishga yordam bersa, jazolanmasligi mumkin.
Hujjat Milliy maʼlumotlar bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 4-noyabrdan kuchga kirdi.
Sharhlar