O‘zbekistonda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi
Shavkat Mirziyoyev badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar beradi O‘zA.
Mukofot uchun bellashuvlar 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Quyidagi yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan:
o‘zbek adabiyoti nasriy asarlarining xorijiy tillarga eng yaxshi tarjimasi;
o‘zbek adabiyoti she’riy asarlarining xorijiy tillarga eng yaxshi tarjimasi;
o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarining xorijiy tillarga eng yaxshi tarjimasi;
xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlarning o‘zbek tiliga eng yaxshi tarjimasi;
xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlarning o‘zbek tiliga eng yaxshi tarjimasi;
xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalarining o‘zbek tiliga eng yaxshi tarjimasi.
G‘oliblar maxsus diplom, ko‘krak nishoni va 300 BHM (102 million so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Ma’naviyat va ijod sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli jamg‘armaning xarajatlar smetasiga ko‘ra Yozuvchilar uyushmasiga ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek, tashkilotchilarning mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Sharhlar