O‘zbekiston reklama mahsulotlarini tekin tarqatishni taqiqlashga qaror qildi
O‘zbekistonda ommaviy reklama tadbirlarini tashkil etish, jumladan, tovarlarni tekin tarqatish yoki sotish taqiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi va bunday tadbirlarni o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik chorasi qo’llaniladi,
Mazkur qarorga rioya etilishini nazorat qilish Milliy gvardiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga yuklatildi.
Avvalroq, 1-iyun kuni Ashxobod istirohat bog‘i rahbariyati 40 ming dona tekin o‘yinchoqlar tarqatish aksiyasi o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Bu tartibsizliklar, 10 balli tirbandlik va tiqilinchlarga olib keldi. Keyinroq bog‘ rahbariyati 15 sutkalik qamoqqa hukm qilindi.
Shuningdek, bir oz avval Jizzaxdagi “Navro’z” bog’ida 5000 ta shar uchirilishiga chek qo’yilgani haqda yozgan edik.
Sharhlar