O‘zbekistonda pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanishi uchun jazo choralari kuchaytiriladi
Senatning 54-yalpi majlisida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi uchun jazoni kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilindi.
Qayd etilishicha, 2021-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda umumiy qiymati salkam 2 milliard so‘mlik 300 ming donadan ortiq pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qaratilgan 239 ta urinishning oldi olindi.
Yangi qonun pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, respublikadan olib chiqish, shuningdek, noqonuniy sotish va olib kirish uchun ma’muriy jazo choralarini kuchaytiradi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi masʼul tuzilmalarga senatorlik soʻrovi yubordi hamda pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy olib kirishning oldini olish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga tavsiyalar berdi.
Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Sharhlar