O‘zbekistonda qiz chaqaloqlar tobora kam tug‘ilmoqda

Foto: kun.uz

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragida boshlangan tug‘ilish sonining kamayishi ikkinchi chorakda ham davom etmoqda.

O‘zbekiston aholisi, 1-iyul holatiga 37 134,2 ming kishini tashkil etmoqda. Ushbu ko’rsatgich o‘tgan yilning tegishli davriga taqqoslaganda 2,1% yoki 761,8 ming kishiga ko‘paygan. Lekin, aholi sonining o‘sishi sekinlasha boshlagan. 2023-yilning shu davrida aholi soni 2,2%ga ya’ni 768,8 ming nafar kishiga ortgan edi.

Qizlarning tobora kam tug‘ilishi ham davom etib, yarim yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning 48,0 foizi qizlar bo‘lgan. O‘tgan yilning tegishli davrida bu ko’rsatgich 48,1% edi.

Shuningdek, 40 yoshdan keyin farzand ko‘rganlarning ulushi oshgan. Eng yuqori tug‘ilish koeffitsiyenti, garchi biroz pasaygan bo‘lsada, Surxondaryoda kuzatilmoqda (26,2 promille). Toshken shahrida esa tug‘ilish koeffitsiyenti 26,3dan 21,9gacha tushib ketgan (sonda 38 790dan 33 305 nafargacha tushgan).

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.