O‘zbekistonda “suyunchi puli” miqdori oshdi

Foto: jizzax.uz

2024-yil 1-oktabrdan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli (“suyunchi puli”) miqdori oshirildi. Bu haqda O’zbekiston mahallar uyushmasi axborot xizmat xabar berdi.

Oktabrdan O‘zbekistonda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli 738 150 so‘mdan 811 965 so‘mga oshirildi. Bu eng kam ish haqi miqdori ko‘tarilgani bilan bog‘liq. Ya’ni 1-oktabrdan mamlakatda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 155 000 so‘m etib belgilangan. “Suyunchi puli” miqdori shundan 70,3 foizini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘mni tashkil etadi.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.