O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj qizlar uchun bir xonali ijtimoiy uylar quriladi

Фото: Фергана

Prezident raisligida o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda ushbu masalaga alohida to‘xtalingan. Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlangan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.

“Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.

Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida  masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.