O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi
2-iyul kunidan e’tiboran O‘zbekistonda xorijiy davlatlar siyosiy partiyalari va ularning bo‘linmalari faoliyati taqiqlandi.
Shavkat Mirziyoyev “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritishni imzoladi. Tuzatish Qonunchilik palatasi tomonidan 11-iyun kuni qabul qilingan, Senat esa 22-iyunda ma’qullangan.
“Mamlakatimizda partiyalar faoliyatini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy tomonlarning O‘zbekiston hududidagi faoliyatini tartibga solish talab etiladi”, — deyiladi hujjatda.
O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya ro‘yxatga olingan:
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiya;
- “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;
- “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (“Adolat”);
- Xalq demokratik partiyasi;
- Ekologik partiya.
Ulashish:
Sharhlar