O‘zbekistonda yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shuhrat Xalmuhamedovni mudofaa vaziri etib tayinladi , deb xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Xalmuhamedov bu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari va Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Avvalgi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgan Abdusalom Azizov o‘rniga Davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlangan edi.
Ulashish:
Sharhlar