O’zbekistonda yangi xalqaro yetkazib berish kompaniyasi o’z faoliyatini boshladi
Joriy yilning 3-oktabr kuni Finlandiyaning “Wolt”, xalqaro yetkazib berish xizmati, O’zbekistonda o‘z ish faoliyatini boshladi. O’zbekiston “Wolt” o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Markaziy Osiyadagi ikkinchi mamlakat bo’ldi.
Dastlab, Wolt foydalanuvchilari 500 dan ortiq hamkor restoranlar va do’konlardan oziq-ovqat va mahsulotlarini buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ular “Wolt” ilovasi yoki saytidan foydalanishi kerak.
“O‘zbek xalqining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, ko’ngli ochiq, bag‘rikeng va mehmondo‘stligi, shuningdek, mazali taomlarga bo‘lgan mehrini ko’rib biz bu mamlakatning va betakror madaniyatining bir qismi bo‘lishdan xursandmiz”, – dedi Wolt’ning xalqaro rivojlanish bo’yicha menejeri Elina Hakkarainen.
Ma’lumot uchun, “Wolt” kompaniyasiga 2014-yili Finlandiyada asos solingan va hozirda 27 ta mamlakatda o’z filiallarini ochgan. O’zbekiston esa ushbu kompaniya tashkil etilgan 28-mamlakat bo’ldi.
Sharhlar