Oʻzbekistonda yer silkinishi kuzatildi
Tunggi soat 01:32 holatiga koʻra Toshkentda yer silkinishi kuzatildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha O’zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 19.10.2024 yil kuni soat 01:32 da (18.10.2024 yil, Grinvich bo’yicha 20:32 da) zilzila sodir bo’ldi.
Episentr: Toshkent viloyati, O’rta Chirchiq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda.
O’zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km.
O’rta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.
Ulashish:
Sharhlar