O‘zbekistonda yil boshidan buyon 550 milliard so‘mdan ortiq energiya resurslari o‘g‘irlangan
O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 38,8 ming holat qayd etilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, noqonuniy isteʼmolchilar tomonidan 255,2 milliard soʻmlik tabiiy gaz va 297,3 milliard soʻmlik elektr energiyasi oʻgʻirlangan. Eng ko‘p qoidabuzarliklar Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida aniqlangan.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jami 715 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ulashish:
Sharhlar