O‘zbekistondagi veb-resurslarga 11,2 mln.dan ortiq kiberhujumlar bo‘lgan

Фото: Rasmiy_xabarlar_Official

O‘tgan yili O‘zbekistondagi veb-resurslarga 11,2 mln.dan ortiq kiberhujumlar uyushtirildi. Bu haqda DXX xuzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

“2023 yilda amalga oshirilgan kiberhujumlarning geografik jihatdan taalluqliligi tahliliga ko‘ra, Niderlandiya (759,5 mingta), AQSH (696,6 mingta), Rossiya (100 mingta), Germaniya (58 mingta), Hindiston (53 mingta) va Hitoy (51 mingta) hududidagi IP-manzillardan eng ko‘p kiberhujumlar uyushtirilganligi kuzatilgan”, – deyiladi xabarda.

Davlat idoralari veb-resurslarida aniqlangan kiberxavfsizlik hodisalari o‘rganilganda veb-resurslarda mavjud bo‘lgan quyidagi zaifliklar sababli yuzaga kelganligi kuzatildi:

✅foydalanuvchi kontentini tekshirish va filtrlashning mavjud emasligi;

✅ kodlashdagi zaifliklar (PHP-plaginlari,

✅ csfr-zaifliklari

✅ kross-brauzer zaifliklari va boshqalar);

✅ zaif parol himoyasi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.