O‘zbekistonga 6 oyda 3,5 mln nafar turist kelgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
“Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 % ga oshgan”, – deyiladi xabarda.
2024 yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Qirg‘iz Respublikasi – 1 057,4 ming nafar
Tojikiston – 1 046,2 ming nafar
Qozog‘iston – 668,4 ming nafar
Rossiya – 364,5 ming nafar
Turkmaniston – 67,2 ming nafar
Turkiya – 51,9 ming nafar
Xitoy – 28,7 ming nafar
Hindiston – 28,2 ming nafar
Janubiy Koreya – 19,6 ming nafar
Italiya – 17,7 ming nafar
Boshqa davlatlar – 181 ming nafar
Sharhlar