O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelayotgan chet el fuqarolari soni 34 ming nafarga oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Tojikiston — 57 380 nafar;
Qozog‘iston — 8 542 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 6 704 nafar;
Rossiya — 1 299 nafar;
Turkmaniston — 672 nafar;
Turkiya — 27 nafar;
Afg‘oniston — 20 nafar;
boshqa davlatlar — 84 nafar.
Ulashish:
Sharhlar