O’zbekistonga kelayotgan turistlar soni ortmoqda

Foto: Dunyo

“uzbektourism.uz” portali ma’lumotiga ko’ra, bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.

Sayyohlik oqimining asosiy qismini Qirg’iziston fuqarolari – 1 milliondan ortiq kishi tashkil etgan. Keyingi o’rinlarda Tojikiston va Qozog’iston – mos ravishda 1 million va 668,4 ming kishi bilan qayd etildi. Yilning birinchi yarmida O’zbekistonga 3,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, jumladan, 1 milliondan ortiq qirg’izistonlik va 1 millionga yaqin qozog’istonlik.

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatga 364,5 ming nafar Rossiya, 67,2 ming nafar Turkmaniston, 51,9 ming nafar Turkiya fuqarolari kelgan.

Bundan tashqari, top-10 talikka Xitoy (28,7 ming kishi), Hindiston (28,2 ming kishi), Janubiy Koreya (19,6 ming) va Italiya (17,7 ming)lar kirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.