O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test-tizimlar to‘plamlari yetkazib beriladi
Oʻzbekiston Rossiyadan maymunchechakni aniqlash uchun test-tizimlar toʻplamlarini oladi, deb xabar qildi Rossiya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasidagi nazorat federal xizmati.
Rossiya bosh davlat sanitariya vrachi Anna Popova raisligida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari taklif etildi.
Tomonlar JSSTning maymunchechak kasalligi bo’yicha xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qilishi bilan bog’liq vaziyatni ko’rib chiqdilar. YeOIIga aʼzo davlatlar, Tojikiston va Oʻzbekistonda maymunchechakning tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.
Hamkorlar Rossiya tomoniga Rospotrebnadzorning “Vektor” Virusologiya va biokimyo ilmiy-tadqiqot markazi federal byudjet muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qilishdi. Test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkaziladi, deyiladi xabarda.
Sharhlar