O‘zbekistonga qancha Germaniya va Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda keldi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- dam olish – 15 303 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 2 189 nafar;
- xizmat yuzasidan – 846 nafar;
- tijorat – 44 nafar;
- o‘qish – 20 nafar;
- davolanish – 7 nafar.
Shuningdek, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 19,5 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 ming nafarga yoki 77,2 % ga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- dam olish – 17 767 nafar;
- xizmat yuzasidan – 866 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 807 nafar;
- o‘qish – 68 nafar;
- tijorat – 9 nafar;
- davolanish – 1 nafar.
Ulashish:
Sharhlar