O’zbekistonga so’ngi 6 oyda Xitoydan atiga 2 kishi davolanish uchun kelgan

Foto: QALAMPIR.UZ

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida 57,7 ming nafar Xitoy fuqarolari turistik maqsadlarda O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,3 ming nafarga yoki 63,1% ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Xitoy fuqarolari safar maqsadlari bo’yicha quyidagicha:

  • Sayohat 50 052 nafar
  • Xizmat yuzasidan 4 732 nafar
  • Qarindoshlarni yo’qlash 1 121 nafar
  • Tijorat 1 085 nafar
  • O’qish 708 nafar
  • Davolanish 2 nafar

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.