O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida medallarga ega chiqishdi
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyning Shenyan shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi. 19 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz jami 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Ikkinchi kungi final bahslarida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdilar.
Oltin medal:
M2-: Daler Ashurov, Bobomurod Pardayev (U19)
W2-: Aydana Smetullayeva, Rayxona Sattarova (U19)
M2-: Shaxriyor Hamdamov, Obidjon Jo‘raqulov (U23)
Kumush medal:
M2x: Jamolbek Turg‘unov, Bobur Muhiddinov (U19)
M1x: Mehroj Mamatqulov (U23)
M4-: Daler Ashurov, Shaxriyor Sharifov, Muhammad Boboyev, Bobomurod Pardayev (U19)
Bronza medal:
M4x: Mehroj Mamatqulov, Sobir Safaraliyev, Samir Roziqov, Samandar Hamroqulov (U23)
W4-: Aydana Smetullayeva, Rayxona Sattarova, Rayxona Karimova, Nurila Abdullayeva (U19)
M2x: Samir Roziqov, Sobir Safaraliyev (U23)
M4-: Shaxriyor Hamdamov, Obidjon Jo‘raqulov, Ramiz Mustafoyev, Sardor Xayrullayev (U23)
Endi hamyurtlarimiz kelasi oy Samarqandda o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Sharhlar