Moskvaning “Spartak” jamoasi o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Moskvaning “Spartak” futbol klubi “Paxtakor”ning 19 yoshli futbolchisi, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sardori Muhammadali O‘rinboyev bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi Championat.Asia O‘zbekiston sport internet portali.
Hozirda muzokaralar olib borilyapti va bu ijobiy yo‘nalishda ketmoqda. Klub futbolchini sotib olishni yoki ijaraga olishni rejalashtiryaptimi, hozircha nomalum.
Avvalroq, 2020-2021 yilgi mavsumda o‘zbekistonlik futbolchi Oston Urunov “Spartak” safida to‘p surgan bo‘lsa-da, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi. Joriy mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasidan bir nechta futbolchi Rossiya chempionatida to‘p surmoqda: Abbos Fayzullayev SSKA jamoasida, Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev “Rubin”da, Sherzod Esanov “Akron”da. Kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan Abdullo Jebov ham “Spartak”da o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynamoqda.
Sharhlar