O‘zbekistonlik kamonchilar Turkiyada Parij-2024 jahon litsenzion turnirida qatnashadi

Фото: Olympic uz

14—17 iyun kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo‘yicha Parij-2024 jahon litsenzion turniri o‘tkaziladi, deya xabar beradi MOQ.

Ushbu startlar Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladigan oxirgi startlarga aylanadi.

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi ushbu muhim turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan kamonchilar nomini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsiy va jamoaviy dasturlar bo‘yicha litsenziya egalari aniqlanadigan musobaqalarda quyidagi sportchilar ishtirok etadi:

  • erkaklar – Amirxon Sodiqov, Shohjaxon Abdulhamidov, Yao Yuy Chen;
  • ayollar – Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanova.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.