Oʻzbekistonlik kurashchilar oʻsmirlar orasidagi jahon chempionatida ilk medallarini qo’lga kiritishdi
Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Iordaniya mezbonlik qilayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida dastlabki medallarini oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Yunon-rum kurashchilarimizdan Husniddin Abdukarimov (-48 kg) kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Sardor Xolmurzayev (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.
Bugun kun davomida 4 nafar sportchimiz bronza medali uchun oʻtish bosqichida ishtirok etishadi.
-45 kg: Umidjon Karomov – Shahid Nabiyev (Ozarbayjon) / Ahmad Badraddini (Eron)
-60 kg: Farruh Yoʻldoshev – Ali Abunosir (Iordaniya)
-71 kg: Behruz Valiyev – Jinxao Vu (Xitoy) / Samvel Terteryan (Armaniston)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov – Patrik Budor (Xorvatiya)
Sharhlar