O’zbekistonlik o’quvchilar xalqaro olimpiadada sovrindor bo’ldi
Toshkentdagi Kanada maktabi o’quvchilaridan iborat jamoa shu yilning 8-15-iyun kunlari Londonda o’tkazilgan Xalqaro Grinvich Olimpiadasida (International Greenwich Olympiad) ishtirok etdi.
Xalqaro Grinvich Olimpiadasi – Londonning Shimoliy London Grammatika maktabi tomonidan ta’sis etilgan va o’tkaziladigan yirik maktab olimpiadalaridan hisoblanadi.
“Olimpiadaning o’tkazilishidan maqsad, o’quvchilarning qiziquvchanligi va ijodkorligi hamda ilm-fan va texnologiyaga ishtiyoq uyg’otishdan iborat”, – deyiladi xabarda.
Mazkur tanlovda iste’dodli yoshlar va o’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini shakllantirish va ulardan foydalanish, yangi innovatsion g’oyalarni ilgari surish imkonini beruvchi ajoyib platformani taklif etildi.
Olimpiadada muhandislik loyihalari, IT, energetika, atrof-muhit, ijtimoiy fanlar, san’at va madaniyat sohalari hamda robototexnika yo’nalishlaridagi loyihalar ishtirok etdi.
Bu yilgi olimpiadada 20 dan ortiq davlatdan 144 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.
O’zbekistonlik iste’dodli o’quvchilar Xalqaro Grinvich Olimpiadasida bitta kumush, uchta bronza va bitta faxriy mukofotga sazovor bo’lishdi.
Sharhlar