O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiadasida chiqishlarini to‘liq yakunladi
Parij-2024 Olimpiadasida chiqishlar qilib, vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 🥇8 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.
Peshqadamlik uchun qattiq kurash ketyapti. Hozircha Xitoyda 40 ta oltin medal bor. Uni ta’qib qilayotgan AQSH esa 38 ta oltin jamg‘argan. Lekin AQSHda hali imkoniyat bor. Hozirda eng so‘nggi musobaqalar o‘tkazilmoqda va AQSHlik sportchilar trek velopoygasida hamda ayollar o‘rtasida basketbol musobaqasi finalida qatnashadi.
Agar ikkalasida ham oltin olishsa, unda oltinlar soni bo‘yicha Xitoy va AQSHda bir xil ko‘rsatkich — 40 tadan oltin bo‘ladi. Kumushlar soni ko‘pligi bo‘yicha esa AQSH peshqadamga aylanib oladi.
Sharhlar