O‘zbekistonlik suzuvchi Olimpiada o‘yinlariga ikkita yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibirsev 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga ikkita litsenziya sohibi bo‘ldi, deya xabar beradi MOQ.
Sibirsev Kanadadagi xalqaro musobaqalarda o‘zini ko‘rsatdi. U 800 metrga erkin suzishda oltin medalni qo‘lga kiritdi va 2024-yilgi Olimpiada normativini bajardi.
Yakuniy blokda Ilya Sibirsev 07:50.05 ko‘rsatkichini qayd etdi (Olimpiya normativi – 07:51.65).
Ushbu natija tufayli Ilya Sibirsev Olimpiada o‘yinlarida yana bir masofada qatnashishi mumkin. Shu tariqa hamyurtimiz ikkita Olimpiada o‘yinlari litsenziyasining sohibiga aylandi”, — deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar