O’zbekistonlik tennischi qizlar Osiyo chempionatini 12-o’rinda yakunladi
Qozogʻistonda oʻtayotgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan kun O’zbekiston jamoasi jamoaviy dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi.
11-14-pogʻonalar uchun kechgan bellashuvda o’zbekistonlik sportchilar dastlab mezbonlarni 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. 11-oʻrin egasi aniqlangan bahsda Malayziya 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va qizlar jamoasi mazkur yoʻnalishda 12-boʻlishdi. Yigitlar jamoasi esa bugun 17-oʻrin uchun Shri-Lankaga qarshi oʻyin oʻtkazishadi. Shuningdek, kun davomida o’zbekistonlik sportchilar mikst va juftlik dasturlarida saralash bahslarini boshlashadi.
Kunning eng shov-shuvli yangiligi 14 yoshli eronlik stol tennischi Benyamin Faraji jamoaviy dasturda xitoylik jahon reytingi yetakchisi Chutsin Vanni magʻlubiyatga uchratgani boʻldi.
Sharhlar