O‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev SSKAni tark etmaydi
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev yaqin orada Moskvaning SSKA jamoasini tark etmaydi, deb xabar beradi Chempionat nashri.
“Abbosga qiziqish bor, lekin hozircha bu axborot xarakteriga ega. Hech qanday aniqlik yo‘q. Yaqin kelajakda uning ketishi uchun hech qanday shartlar belgilanmagan. U hamma narsaning o‘z vaqti borligini tushunadi”, – deydi SSKA bosh direktori Roman Babaev.
Avvalroq Abbosbek Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangani haqida yozgan edik.
Ulashish:
Sharhlar