O‘zbekistonning 2 ta korxonasi AQSH sanksiyasiga uchradi

Foto: social media

AQSH Moliya vazirligi O‘zbekistondagi ikkita kompaniya – “Uzstanex” va “The Elite Investment Group” MCHJlarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

AQSH Davlat departamentining ma’lum qilishicha, “The Elite Investment Group” MCHJ 2024-yilning mart-may oylarida Rossiya kompaniyalariga, shu jumladan, AQSHda ro‘yxatdan o‘tgan va Rossiyada joylashgan “GTS Group” kompaniyasiga yuqori ustuvorlikdagi tovarlarning umumiy ro‘yxatidan (CHPL) taxminan 190 ming dollarlik mahsulotlar, shu jumladan, Turkiyaning “Guclu Global” kompaniyasidan agent-tashuvchi sifatida foydalangan holda elektr transformatorlarini yetkazib bergan.

Ma’lumot uchun, “Uzstanex” MCHJ 2018-yil iyul oyida ro‘yxatdan o‘tgan va “mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi” bilan shug‘ullanadi. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan kompaniyaning ustav fondi 65 mln so‘mni tashkil etadi.

“The Elite Investment Group” MCHJ 2024-yil yanvar oyida “ulgurji nomutaxassis savdo” uchun tashkil etilgan. Ustav fondi 3 mln so‘m bo‘lgan kompaniya Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.